KOMPANIYA TARIXI

Asrlar davomida tibbiyot Markaziy Osiyo xalqlarining asosiy madaniy qadriyatlaridan biri bo‘lib hisoblangan. Tibbiyotni san’at darajasiga ko‘targan buyuk olim, dorishunos, tabib Abu Ali ibn Sinoni butun dunyo taniydi. Uning ko‘plab boblardan iborat «Tib ilmi qonuni» asari Yevropada bosmaga chiqarish uskunasi ixtiro etilgandan keyin chop etilgan birinchi kitoblardan biri bo‘lgan. Qonunda kelib chiqishi o‘simlik, hayvonot va minerallarga tegishli bo‘lgan 800 dan ortiq dori vositalariga ta’rif berilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi hozirga qadar zamonaviy tibbiyotda ishlatilmoqda.
Bizning kompaniya o‘zining shakllanish davrida buyuk ajdodlarimizning an’analarini davom ettirish hamda dori vositalarini tayyorlash san’atini mukammallikka yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

 

2001-2004 yillar

 

G‘oya va rivojlanish

Loyihaning umumiy konsepsiyasini ishlab chiqish, infratuzilmani hamda ishlab chiqarish xonalarini tayyorlash, zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish, sinov laboratoriyasini yaratish.

Natija – tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxonaning vujudga kelishi.

 

2005 yil

 

G‘oyadan tortib, uni amalga oshirishgacha

Hajmi 5 va 10 ml. bo‘lgan ampulali inyeksion preparatlarni seriyali ishlab chiqarishning boshlanishi. Ilk mahsulotlar qatoridan 6 ta preparat o‘rin olgan, bular: Novokain, Magniy sulfat, Kalsiy glyukonat, Glukoza, Natriy tiosulfat, Natriy xlorid.

 

2006 yil

 

Biz rivojlanmoqdamiz

Quruq sochiluvchan antibitik dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha liniyaning ishga tushirilishi. Birlamchi mahsulotlar qatorida penitsillinlar guruhidagi 2 preparat.

 

2007 yil

 

Bizni tan olishdi

Kompaniyamiz muvaffaqiyatlarining xalqaro miqyosda tan olinishi. “NOVOPHARMA PLUS” QK MCHJ O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ISO va GMP (Good Manufacturing Practice) xalqaro sifat standartlariga mosligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tdi. Sertifikat jarayoni Yevropa ittifoqining mustaqil ekspertlari bo‘lmish DQS (Germaniya) kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi.

Natija - ISO 9001:2000 Sertifikati va GMP ga muvofiqlik - mahsulotning sifati uni ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridagi barqaror yuqori sifatini tasdiqlaydi.

 

2008 – 2009 yillar

 

Zamonaviylashtirish

Antibiotiklarni quruq holda joylash liniyasining asosiy uskunalarini yangilash. 1, 2, 5 va 10 ml hajmli ampulalarga quyish imkoniyatiga ega bo‘lgan ampula sexining ikkinchi ishlab chiqarish liniyasining o‘rnatilishi va ampulalarga to‘ldiriladigan inyeksiyali preparatlarni ishlab chiqarishning butun kompleksini takomillashtirish.

Natija - Tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun yangi imkoniyatlar va assortimentning kengaytirilishi.

 

2010- 2012 yillar

 

Katta o‘zgarishlar yillari

ISO 9001:2008 sifatni boshqarish tizimining joriy etilganligi haqidagi Sertifikat olindi. Sifatni boshqarish tizimining GMP (Good Manufacturing Practice) talablariga mosligini tasdiqlovchi sertifikat berildi.
Sinov laboratoriyasining texnik asoslanganligi akkreditatsiyasi va sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasining «O‘ZSTANDART» Agentligi tomonidan o‘tkazilgan.
Ishlab chiqarilayotgan dori vositalari nomenklaturasining oshirilishi. Mahsulotlarning va kompaniya stilining yangi dizayni ishlab chiqilishi. Preparatlarimizning qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi.
Natija - Ishlab chiqarish bo‘linmalarining bir maromda ishlashi. Ishlab chiqarish ko‘lamining hamda sotuvlar hajmining oshishi. Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon bozorlariga eksport qilish.

 

2013 uyl

Sifatni boshqarish tizimi sertifikati (sertifikat kayd kilish sanasi 13.06.13,  UZ/29/0296359877). Bu sertifikat qyidagini anglatadi: NOVOPHARMA PLUS” QK MCHJ da joriy etilgan va kollaniladigan sifat boshqarish tizimi ISO 9001:2008 xalqaro sifat standartlariga javob beradi, hususan kuidagi sohalarda: insonlarda qollanaladigan dori vositalarining dizayn va barbo etilishi, ishlab chikarishi va savdo-sotiqi. Aydit mustaqil sertifikatlash azosi MCHJ «International Certificate System Group»- ACS Registrars Ltd (Anglya) Toshkentdagi filiali tomonidan otqazildi. Sertifikat muddati 12.06.13 gacha.

GMP (Good Manufacturing Practice) talablariga mosligini tasdiqlovchi sertifikat.  Bu sertifikat qyidagini anglatadi: NOVOPHARMA PLUS” QK MCHJ da joriy etilgan va kollaniladigan sifat boshqarish tizimi Good Manufacturing Practice (GMP) xalqaro sifat standartlariga javob beradi. MCHJ «International Certificate System Group»- ACS Registrars Ltd (Anglya) tomonidan nazorat audit otqazilgan va kompaniyaning sifatni boshqarish tizimi 2003/94/ЕС (GMP – Guide, Part 1) Evrosoyuz Yevropa ittifoqining Komissiyasi Direktivalarining talablariga javob beradi, hususan kuidagi sohalarda: insonlarda qollanaladigan dori vositalarining dizayn va barbo etilishi, ishlab chikarishi va savdo-sotiqi.

 

Tirik organizm

O‘z o‘tmishini eslamagan insonning kelajagi yo‘q. Biz har bir kunni, barcha yaxshilik va yomonlikni, hamma qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlarni yodda tutamiz. Ha, biz – tirik jonli organizmmiz. Siz uchun ishlab chiqarayotgan har bir preparatimizda kompaniyamiz barcha xodimlarining qalbidan bir zarrasi mavjud.